Foydalanish shartlari
UZUM BUYURTMA EXPRESS · Shofirkon BTP-3
Bu xizmat nima?
Punktimizga kelgan, lekin buyurtmachi olib ketmagan tovarlarni boshqa xaridorlarga taklif qilamiz. Tovar sotuvchiga qaytarilishidan oldingi oxirgi kunlarda sotuvga chiqadi.
Narx
Ko’rsatilgan narx — buyurtma rasmiylashtirilgan paytdagi summa. Qo’shimcha to’lov yo’q.
To’lov va chek
To’lov punktdagi Uzum kassasi orqali qabul qilinadi. Fiskal chek Uzum tizimida dastlabki buyurtma bo’yicha rasmiylashtiriladi va yangi xaridor nomiga berilmaydi.
Tovar holati
Tovarlar qaytish jarayonida. O’ram ochilgan bo’lishi mumkin. Olishdan oldin punktda tekshirib oling — bu sizning huquqingiz.
Bron
Bron punkt yopilguncha amal qiladi. Yopilishga oz vaqt qolganda yoki punkt yopiq bo‘lganda bron qilsangiz, muddat ertangi kun oxirigacha cho‘ziladi. Bir vaqtda 2 tagacha bron qilish mumkin. Bron qilib kelmaslik takrorlansa, bron imkoniyati yopiladi.
Qaytarish
Qaytarish Uzum Market qoidalari asosida, faqat shu punktning o’zida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlaringiz
Telefon raqamingiz faqat bronni sizga bog’lash uchun ishlatiladi va uchinchi shaxsga berilmaydi.
Savolingiz bo'lsa botga yozing — punkt xodimi javob beradi.
Telegramda ochish